Guliston · har kuni 08:00–23:00

Gulistonda oziq-ovqat va kanselyariya — uyingizgacha

Gulistondagi do‘konlardan meva-sabzavot, non, sut, go‘sht va kanselyariyani bir necha bosishda buyurtma qiling. Narx, yetkazish vaqti va summasi to‘lashdan oldin ko‘rinadi.

  • Naqd yoki karta
  • Kuryerni xaritada kuzating
Savatim ilovasining bosh sahifasi: qidiruv, bo‘limlar va mahsulotlar rasmi bilan
  • Vaqti oldindan ma’lum

    Yetkazish vaqti va narxi to‘lashdan oldin savatda ko‘rinadi.

  • Har kuni 08:00–23:00

    Dam olish kunlarisiz. Juma kuni 11:30–14:00 tanaffus.

  • Naqd yoki karta

    Kartaga o‘tkazma o‘zi tasdiqlanadi, naqdni kuryerga berasiz.

  • Har bosqichda xabar

    Qabul qilindi, yig‘ilmoqda, yo‘lda — bot yoki push orqali bilib turasiz.

Mahsulotlar

Kundalik xarid uchun hamma narsa bir joyda

Gulistondagi do‘konlarning minglab mahsulotlari — narxi, hajmi va rasmi bilan. Qidiruvga yozing yoki bo‘limlardan tanlang.

  • Tovuq tuxumi, 10 donaTovuq tuxumi
  • Kartoshka to‘rdaKartoshka
  • PomidorPomidor
  • Piyoz to‘rdaPiyoz
  • KaramKaram
  • Uy noniUy noni
  • «7 утра» sariyog‘i«7 утра» sariyog‘i
  • Lazer guruchiLazer guruchi
  • Chococream shokolad pastasiChococream shokolad pastasi
  • Jacobs Gold 3 in 1 qahvaJacobs Gold 3 in 1
  • Huggies Classic tagliklarHuggies tagliklar
  • Gliss shampuniGliss shampuni

Bo‘limlar

  • Meva, sabzavot va dala mahsulotlari

    Kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring, karam, qovun-tarvuz, olma, banan va mavsumiy mevalar.

  • Baqqollik

    Un, guruch, makaron, yormalar, o‘simlik yog‘i, shakar, tuz, ziravorlar, souslar va konservalar.

  • Non va non mahsulotlari

    Non, baton, lepyoshka, patir, bulochkalar, pishiriqlar, sushka va barankalar.

  • Sut mahsulotlari va tuxum

    Sut, qatiq, kefir, tvorog, smetana, qaymoq, pishloq, sariyog‘, yogurt, tovuq va bedana tuxumi.

  • Go‘sht, baliq va yarim tayyor mahsulotlar

    Go‘sht, parranda, qazi, kolbasa, sosiska, baliq, chuchvara, manti, pelmen va xamir.

  • Quruq mevalar, yong‘oqlar, dukkaklilar

    Mayiz, o‘rik qoqi, yong‘oq, pista, no‘xat, loviya, mosh.

  • Choy, qahva va ichimliklar

    Ko‘k va qora choy, qahva, kakao, ichimlik va mineral suv, sharbatlar, gazli ichimliklar.

  • Shirinliklar va gazaklar

    Shokolad, konfet, pechenye, vafli, tort, holva, asal, murabbo, muzqaymoq, chips va suxariklar.

  • Bolalar uchun va o‘yinchoqlar

    O‘yinchoqlar, bolalar ovqati, bo‘tqalar, sut aralashmalari, tagliklar va bolalar gigiyenasi.

  • Kanselyariya

    Daftar, ruchka, qalam, albom, papka, o‘chirg‘ich — maktab va ofis uchun anjomlar.

  • Gigiyena, kosmetika va maishiy kimyo

    Sovun, shampun, tish pastasi, salfetka, kir yuvish va idish yuvish vositalari, tozalash vositalari.

  • Xo‘jalik mollari

    Oshxona idishlari, paketlar, folga, lampochka, gugurt, shamlar, bayram buyumlari va uy hayvonlari uchun.

Qanday ishlaydi

Buyurtma — 4 oddiy qadamda

Ro‘yxatdan o‘tish, parol va uzun anketalar yo‘q: telefon raqamingiz kifoya.

  1. Manzilni belgilang

    Xaritada uyingizni belgilang — sizga eng yaqin do‘kon o‘zi tanlanadi.

  2. Savatni to‘ldiring

    Qidiring yoki bo‘limlardan tanlang: narxi, hajmi va rasmi ko‘rinib turadi.

  3. Qulay usulda to‘lang

    Kartaga o‘tkazma yoki buyurtma kelganda naqd pul — o‘zingiz tanlaysiz.

  4. Kuryerni kuting

    Har bir bosqich haqida xabar keladi, kuryer yo‘lini xaritada kuzatasiz.

Savatim ilovasi

Telegram’da yoki ilovada — bitta hisob

Hozir @savatimuzbot orqali buyurtma bering. Yoki Android uchun Savatim ilovasini Google Play’dan yuklab oling — savat, manzillar va buyurtmalar ikkalasida bir xil.

  • Har bosqich haqida xabarQabul qilindi, yig‘ilmoqda, yo‘lda, eshik oldida.
  • Kuryer xaritadaBuyurtma qayerdaligini va qachon kelishini ko‘rasiz.
  • Tanlanganlar va xaridlar tarixiDoimiy xaridni bir bosishda takrorlang.
  • Promokodlar va chegirmalarAksiyalarni o‘tkazib yubormaysiz.
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Gulistonda magazin yoki do‘kondan uyga dostavka bormi?

Ha. Savatim — Gulistondagi do‘kon va magazinlardan uyga dostavka xizmati: oziq-ovqat, meva-sabzavot va kanselyariya mahsulotlarini @savatimuzbot orqali buyurtma qilasiz, buyurtma uyingizgacha yetkazib beriladi.

Gulistonda produkta yoki oziq ovqat dastafka zakaz qilsa bo‘ladimi?

Ha, bot orqali ish vaqtida (08:00–23:00) zakaz qilasiz: produktalar, meva-sabzavot va uy uchun mahsulotlar Gulistondagi magazinlardan uyingizgacha yetkaziladi. Batafsil — Gulistonda oziq-ovqat dostavka sahifasida.

Qanday buyurtma beraman?

Telegramda @savatimuzbot botini oching, xaritada manzilingizni belgilang, mahsulotlarni savatga qo‘shing va karta orqali yoki yetkazilganda naqd pul bilan to‘lang. Sizga eng yaqin do‘kon manzilingizga qarab o‘zi tanlanadi.

Qaysi hududlarga yetkazib berasiz?

Guliston shahri bo‘ylab (Sirdaryo viloyati). Manzilingiz xizmat hududida ekanini bot buyurtma paytida ko‘rsatadi.

Qanday to‘lash mumkin?

Bank kartasi orqali yoki naqd pul bilan — naqd pulni buyurtma yetkazilganda kuryerga berasiz. Karta orqali to‘lov avtomatik tasdiqlanadi.

Yetkazib berish qancha turadi va qancha vaqt oladi?

Narx va taxminiy vaqt manzil va buyurtmaga qarab hisoblanadi va to‘lashdan oldin savatda aniq ko‘rsatiladi.

Eng kam buyurtma qancha?

Eng kam buyurtma summasi savatda ko‘rsatiladi: yetmasa, yana qancha qo‘shish kerakligini darhol ko‘rasiz.

Ish vaqtingiz qanday?

Har kuni 08:00 dan 23:00 gacha, juma kuni 11:30–14:00 tanaffus. Yetkazish vaqtini oldindan tanlash ham mumkin.

Buyurtmani qanday kuzataman?

Buyurtma holati botda va ilovada ko‘rinadi; kuryer yo‘lga chiqqach, uni xaritada kuzatasiz. Har bir bosqich haqida xabar keladi.

Ilova yuklab olish kerakmi?

Shart emas: Savatim Telegram ichida ishlaydi — @savatimuzbot botini ochish kifoya. Android uchun Savatim ilovasi ham bor — Google Play’dan yuklab oling.

Kanselyariya tovarlari ham bormi?

Ha: daftar, ruchka, qalam, albom, papka va boshqa maktab hamda ofis anjomlari.

Hisobimni qanday o‘chiraman?

Ilovada yoki Mini App’da «Profil» → «Hisobni o‘chirish», yoki savatim.uz/hisobni-ochirish sahifasida telefon raqamingiz orqali.

Bugunoq buyurtma bering

Kartoshka va piyozdan tortib kanselyariyagacha — Gulistonda uyingizdan chiqmasdan xarid qiling.

SavatimGuliston bo‘ylab yetkazib berish
Buyurtma berish